Sovet tuzumi kommunizm qurishning asoslaridan biri sifatida sovet xalqini moʻljal qildi. Sovet xalqi kommunizm davrida millatlar unifikatsiyasi natijasi boʻlishi lozim edi. Millatlar unifikatsiyasi tillar unifikatsiyasini taqozo etar edi. Tillar unifikatsiyasi esa SSSR xalqlari tillarining qurilishi jihatdan “bir xillashuvi”ni taqozo etar, barcha milliy tillarning qurilishi sunʼiy ravishda rus tili qurilishi qoliplariga solingan edi. Buning uchun milliy tilshunosliklar rus tilshunosligi metodologiyasi asos ish koʻrdi. Milliy tillarda rus tili xususiyatlari boʻrttirildi. Bu, ayniqsa, tillarning tipologik xususiyatlari namoyon boʻladigan fonetika va grammatikada yaqqol koʻzga tashlandi. Boshqa milliy respublikalar kabi Oʻzbekiston ham mustaqillikka erishgandan soʻng oʻzbek tilshunosligi ham milliylasha boshladi. Bu oʻzbek tili fonetik-grammatik qurilishning milliy talqin etilishida, sharq tasavvuf falsafasining lingvistik tadqiq metodologiyasi sifatida ilmiy muomalaga kirishida namoyon boʻldi. Tasavvuf falsafasidagi zot va tajalli kategoriyasi tilga sistema sifatida yondashuvda, oʻzbek tilida lison va nutqni farqlashda katta metodologik rol oʻynadi.
Ushbu maqolada siyosiy diskursda insonlararo munosabatlarini o‘rnatish, muloqotning jarayoni va natijasiga muhim ta’sir ko‘rsatuvchi murojaat so‘zlar xitoy va o‘zbek siyosatchilarining nutqlari asosida o‘rganildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, o‘zbek va xitoy tillarida siyosiy diskursda murojaat so‘zlarning ism va familiya, maqom va ijtimoiy murojaatlar kabi 3 turi qo‘llanilib, e’tiborni jalb qilish va uni davomiyligini ta’minlash, tinglovchilarni belgilash hamda insonlararo munosabatlarni o‘rnatish vazifalarini bajarishda ishlatiladi. Shu nuqtai nazardan, murojaat so‘zlar siyosiy diskursda muloqotning o‘rnatilishi, davom etishi va natijasiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Mazkur maqolada o‘zbek xalq afsonalari badiiyati keng uchrovchi mifologik obrazlar, Xizr, pari, oy, quyosh, yer kabi samoviy jismlar, turli g‘aroyib predmetlarning sehrli talqini va obrazlashuvi borasida ilmiy kuzatishlar olib borilgan. Mifologik obrazlarning o‘zbek xalq afsonalari syujetida o‘rinlashuvi, ularning tafakkur tadrijiy takomili davomida yangi talqinlarga uchrashi, xalq badiiy tafakkurining rivojida miflarning tutgan o‘rni ko‘rsatib berilgan.
Сегодня с целью создания лингвистических онтологий важно углубленное изучение синонимического явления в языке как для формирования их первичных элементов – синсетов, так и для прагмалингвистически правильного построения синонимических рядов, определения доминанты, верхнего, среднего и нижнего яруса в синонимических рядах. С этой целью новый” учебный словарь синонимических слов узбекского языка " составлен на основе требований практической лексикографии. В ходе создания данного словаря в процессе формирования ряда синонимов в лексиконе узбекского языка произошла классификация синонимов, а также возникли взгляды, противоречащие традиционным лингвистическим представлениям о явлении синонимии. В данной статье дана полная классификация синонимов узбекского языка.
O‘zbek adabiy tili tarixi shakllanishi jamiyatning iqtisodiy va siyosiy rivojlanish omillari bilan yaqin aloqada bo‘lgan ijtimoiy fikrlar tarixi, madaniyati va adabiyot tarixi bilan uzviy ravishda bog‘langan. Ammo tilning barcha xususiyat va tomonlari hamma vaqt ham jamiyat hayotidagi iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlarni bevosita, bir xilda aks ettiravermaydi. O‘z navbatida, tarixiy taraqqiyotning turli davrlarida til qurilishida va uning xizmat qilish sohalarida yuz beradigan o‘zgarishlar ham jamiyatning rivojlanishi bilan bir xil darajada bog‘langan emas.
Biz arab tili fanidan dars berar ekanmiz Arab tilini o.'rganish qiyinchiliklari ya ularni hal qilish doirasida, ilmiy ya tibbiy mutaxassislik sohalarida arab tilini o’rgatishda bir gancha muammolarga duch kelamiz. Talabalar bizga doimiy sa vol bilanyuzlanishadi: negabiz arab tilini o'rganamiz? Vaholanki, ilmiy ya tibbiy mutaxassishklarga о id i hnlarni, ma' him о t la mi. manbalarm xo rij t illarid a qabul qilamiz. Uniyersitet ya kpllejlarda neg a arab tili va a d a b iy p t ini chquy dasturiga kiritishimizni talabalar ya hat to .ba’zi o' qi tu ychi 1 ar ya uniyersitetdagi ya fakultetdagi m.as’ul shaxslar tushunishi kerak. Biz bugungi kunda Arab plami va in spniv at merpsi nimalami bp slid an kechirayptganimiz bizga ilm va i Im manb ai bpTgan arab tilimiz Qur’.on tili ya jannat ahliningtili bpTgan tilimizning ahamiyatini pchib beradi. Arab tili ya adabiyoti barcha fanlarning toldiruychi yarmidir.
O‘zbek adabiy tili tarixi shakllanishi jamiyatning iqtisodiy va siyosiy rivojlanish omillari bilan yaqin aloqada bo‘lgan ijtimoiy fikrlar tarixi, madaniyati va adabiyot tarixi bilan uzviy ravishda bog‘langan. Ammo tilning barcha xususiyat va tomonlari hamma vaqt ham jamiyat hayotidagi iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlarni bevosita, bir xilda aks ettiravermaydi. O‘z navbatida, tarixiy taraqqiyotning turli davrlarida til qurilishida va uning xizmat qilish sohalarida yuz beradigan o‘zgarishlar ham jamiyatning rivojlanishi bilan bir xil darajada bog‘langan emas.
maqolada ona tili o‘qitish metodikasida muhim ahamiyatga ega bo‘lib borayotgan tinglab tushunish ko‘nikmasini rivojlantiruvchi o‘quv topshiriqlarini pragmatik yondashuv asosida takomillashtirish masalasi tadqiq etilgan. Unda 5-9-sinf ona tili darslari misolida o‘quv topshiriqlaridan foydalanishning joriy holati va kelajakda yaratilajak o‘quv topshiriqlariga namuna va mezonlar tavsiya etilgan. Xulosa qismida o‘quv topshiriqlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar bayon qilingan.
Maqolada lug‘atchilik, lug‘atchilik tarixi, takomillashuvi va lug‘atlarning til o‘rgatish va o‘rganish jarayonida yuqori samara berishi, natijalarning kutilganidan ortiq bo‘lishi – o‘quv lug‘atchiligi qamrovining yanada kengayishi hamda ona tili darslarini o‘qitish va o‘rgatishda o‘quv lug’atlaridan foydalanishning o‘rni va roli, bu bo‘yicha yaratilayotgan innovatsiyalar va ilg’or xorijiy tajribalar haqidagi fikr- mulohazalar bayon qilinadi.
Ushbu maqola chet tilini o‘rgatishning zamonaviy uslub va yondashuvlari, ularning o‘quv jarayoniga ta’siri va o‘quvchilar natijalariga bag‘ishlangan. Maqolada chet tili darslarida kommunikativ yondashuv, zamonaviy texnologiyalar integratsiyasi, individual uslublar va madaniyatlararo muloqot kompetentsiyasini rivojlantirish tahlil qilinib, natijasi ko'rib chiqildi. Chet(nemis) tilini o’qitishda zamonaviy texnologiyalar, jumladan texnik vositalar orqali o‘quv jarayonini boyitish va talabalarda axborot texnik kompetensiyani, shu bilan birga til ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni rag‘batlantirish imkonini berishi tahlillar orqali yoritib berildi. Talabalarni muvaffaqiyatli tayyorlashda zamonaviy usullar ta'lim muhitida dolzarb ekanligi isbotlab berildi.
Xalqimizda «oldingdan oqqan suvning qadri yo‘q», degan ibora bor. Buni men bejizga keltirmayapman va u aynan biz o‘zbekistondagi millatdoshlarga qarata aytilgan achchiq so‘zday tuyulaveradi. Nimaga deysizmi, chunki biz dunyolarga dars bergan buyuk ajdodlarimizning mutlaq merosxo‘ribo‘la turib, ya’niki o‘zbekiston atalmish obod diyorda farovon hayot kechirib, yurt tuprog‘i sog‘inchi, tildoshlar va eldoshlar sog‘inchi nima ekanligini his qilma gan holda umrguzaronlik qilib kelmoqdamiz. Endi tasavvurga ham bir erk berib ko‘ring: qan chadan-qancha o‘zbeklar ayni paytda yer yuzining turli nuqtalaridagi boshqa mamlakatlarda muhojirlikda, boshqa tuzum, boshqacha tutumda hayot kechirib kelishmoqda. Ammo ularning aynan o‘z tiliga bo‘lgan ehtiromi bizni uyaltirib qo‘yadigan darajada butunlay o‘zgacha.
O‘quvchilarni ish qog‘ozlaridan to‘g‘ri va unumli foydalana olishga o‘rgatish hayotiy zaruriyatdir. Zero, “O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili haqida”gi qonunining 7-moddasida: “O‘zbekistonda muassasa, korxona, tashkilot
birlashmalarida ish respublika davlat tilida yuritiladi”, – deb qayd qilinadi. Dars jarayonida ish qog‘ozlaridan foydalanishga o‘rgatish til sathlarini o‘qitish bilan chambarchas aloqadorlikda amalga oshiriladi. Ona tilining deyarli barcha bo‘limlarini o‘qitishda o‘quvchilar hujjatlarning u yoki bu turi bilan tanishadilar, uni yozishni o‘rganadilar.
Alisher Navoiyning o‘zbek adabiy tili rivojlanishi va taraqqiy topishida hissasi beqiyosdir. Adib turkiy va forsiy nazmda bir xil qalam tebratgan, uning noyob asarlari dunyo yuzini ko‘rdi. Ushbu maqolada manoqib “Xamsat ul-mutahayyirin”, “Holoti Sayyid Hasan Ardasher”, “Holoti Pahlavon Muhammad” asarlari so‘z boyligidagi polisemantik leksemalar semantik jihatdan tahlilga tortildi.
Ushbu maqolada o‘zbek tilining hozirgi kundagi ahamiyati, rivojlanishi, dunyo miqyosidagi o‘rni va jozibadorligi haqida bayon etilgan. O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi va uning respublika hududiga mustaqillikning kirib kelishiga zamin yaratganligi haqida so‘z yuritiladi.
Tilimizda so‘zlarni chiroyli va ifodali qilib gapirish va ularni ta’sirchanligini oshirishda maqollarning ahamiyati nihoyatda yuqori. Maqollar ifodalagan ma’no va mazmun, undagi so‘zlarning ko‘p ma’noligi va majozga boyligi, eng asosiysi, chuqur mazmuni bilan boshqa janrlardan ajralib turadi. Maqolamizni davom ettirishdan avval O‘zbek tilining izohli lug‘atida maqol janriga berilgan ta’rifga to‘xtalib o‘tmoqchimiz
O‘zbek tilida birlik va ko‘plik, ya’ni son kategoriyasining o‘rganilish masalalariga,tahliliga bag‘ishlanadi. Ko‘plik ma’nolarining tuzilishi, mazmuni, vazifasi va qo‘llanishini, o‘zbek tili tarixida ko‘plikning grammatik ko‘rsatkichlari yozma manbalar asosida aniqlanishi, ko‘plik ma’nosini ifodalovchi morfologiyaga doir ishlarda ot turkumida gram matik kategoriya sifatida o‘rganildi.
O‘zbek tilida hozirgi zamon fe’li yasovchi affiksining chiqib kelishi haqida bir necha ilmiy maqola va ishlarning maydonga kelganiga qaramay, shu vaqtga qadar mazkur affiksning qaysi fe’ldan kelib chiqqanligi to‘la isbotlanmagan. Shuningdek,
o‘zbek tiliga oid grammatik adabiyotlarda hozirgi zamon fe’li ikki gruppaga bo‘lib ko‘rsatilsa, ayrimlarida uch gruppaga ajratadi. Hozirgi zamon fe’lini uch turga ajratib ko‘rsatuvchilar -moqda affiksi bilan yasalgan fe’l formasini hozirgi zamon fe’lining alohida bir turi deb qaraydilar. Lekin prof. A.Xojiyev -moqda affiksi bilan yasalgan fe’llar hozirgi zamon fe’lining alohida bir turi bo‘la olmasligini ta’kidlaydi. Aslida -
moqda affiksi bilan yasalgan forma aniq hozirgi zamon fe’lining affiksial formasidir. Harakatning davomiyligini bildiradi
Albatta, ardoqli o‘zbek xalq shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub ushbu shoh satrlarda o‘zbek xalqining o‘ziligini anglashi, asl nasli kimlar ekangiligi unutmasligi, har bir qilayotgan harakati shu millatga xos bo‘lishi kerakligi uqtirilayotgan bo‘lsa, o‘zbek she’riyatida bugun ham mana shunday ehtirom ruhidagi asarlar yaratilyotgani barchani hayajonga solishi shubhasiz
В статье рассматриваются структурные особенности военных терминов, употребляемых в английском и узбекском языках. Воинские термины делились на группы по воинским родам, общештабным, общетактическим, военно-топографическим, воинским званиям и военно-организационной деятельности. В результате анализа собранных материалов исследования было определено, что наиболее эффективными при образовании английских и узбекских военных терминов являются приемы аффиксации, трансформации и композиции. Кроме того, чтобы выяснить, к каким группам слов относится общее количество военных терминов в английском и узбекском языках, термины были классифицированы по критериям лингвостатистического метода. При этом были рассмотрены структурные модели, связанные с словообразовательными элементами существующих аббревиатур в современной английской и узбекской военной терминологии.
Mazkur maqolada o‘zbek tilida ot va sifat turkumiga oid bo‘lgan abstrakt so‘zlarning sinonimik munosabatlari o‘rganilgan. Abstrakt sinonim so‘zlardagi farq ma’noning hajmida, ma’no darajalarida, uslub, qo‘llanish vaqti va doirasi bilan bog‘liqligi aniqlangan. Mazkur semantikali so‘zlar sinonimiyasining denotatav va konnotativ jihatlari tahlil qilingan. Nutqiy sinonimiyaning abstrakt so‘zlar orqali yuzaga chiqishi yoritilgan.
Ingliz tili keng qo’llaniladigan professional kontekstlarda talabalarni tayyorlashga qaratilgan til o’rganish dasturlarining maqsadi EFL (Ingliz tili chet tili sifatida) bo’yicha talabalarning professional malakasini rivojlantirishdir. EFL talabalari duch keladigan eng muhim muammolardan biri ularning kasbiy malakasini rivojlantirishda autentik materiallar va tajribalarning etishmovchiligidir. Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, autentik materiallar bilan shug’ullanish professional kontekstlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega o’quvchilar odatda yaxshi professional kompetentsiyaga ega bo’ladi [1].
Xalqaro ona tili kuni alohida sana sifatida nishonlanayotganiga ko‘p muddat bo‘lmadi. YUNESKOning 1999-yilda bo‘lib o‘tgan 30-sessiyasi qarori bilan 21-fevral – “Xalqaro ona tili kuni” deb e’lon qilingan. Bu sana 2000-yildan boshlab dunyo miqyosida keng nishonlanmoqda. Yana shuni ma’lumot sifatida keltirish
o‘rinliki, BMT Bosh Assambleyasining 2007-yil 16-maydagi qarori bilan 2008-yil “Xalqaro ona tili yili” deb e’lon qilingan. Bular milliy tillarni saqlab qolishga qaratilgan xalqaro tadbirlar bo‘lib, statistik ma’lumotlarga ko‘ra yer yuzida yoqolish
arafasida turgan tillar soni oy sayin ortmoqda. Binobarin, til xalqning taqdiri, yashash tarzi, ma’naviy boyligi sanaladi. Har bir tilda shu til egasi bo‘lgan millatning sa’jiyasi, ruhiyati aks etadi. Shu sababli har bir xalq o‘z ona tilining sofligi, kamoloti
va rivoji uchun tinmay qayg‘uradi. Zotan, Prezidentimiz I.A.Karimov “O‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasini, avlodlar o‘rtasidagi ruhiyma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi. Ona tili – bu millatning ruhidir”
deb bejiz ta’kidlamaydi. Darhaqiqat, “ona tilining mavjudligi o‘z sohib-u sohibalarining globallashuv deb atalayotgan murakkab davrda sobit tura olishidan, tarix sahnasidan o‘chib ketmasligidan dalolatdir”.
Статья посвящена вопросам реализации межпредметных связей, способствует более глубокому изучению языка, вводит его в широкий культурный контекст, продуктивно развивает личностные качества, а также соответствует современному методическому опыту.
Grammatik kotrsatgichlar faqat arab tili bilan chegaralanib qolmay. ba’.z.i. boshqa tillarda ham mayjud bo'lgan hodisadir. Xususan, Grammatik ko‘rsatgichlar til d araj alar i bilan chambarchas bog; liq, chunki u bir necha d araj alarni ajratib tuiqychi grammatik hodisadir. Arab tili o'quvchisi tildagi (fonologik grafik. sintaktik va semantic) darajalarni boshqarishda katta qiyinchilXMarga duch keladi. Ona tilisi arab tili boJmagan til о' rganu vchisining holatini t.asayyur. q i 1 i b ко' ray lik, biz u hamma narsani o'rganish uchun qna tilida o'ylayotganini ko'ramiz. Albatta, arab grammatikasi. chunki uning birinchi tili ikkiinchi у oki xqrijiy tilda hutomronlik qiladi va men ushbu maqolada ushbu mayzu bilan bog'liq narsalarni muhokama qilaman.